Iqtisodiyotni raqamlashtirishda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish omillari
DOI:
https://doi.org/10.68372/xx9ynn87Kalit so‘zlar:
yer resurslari, yer monitoringi, iqtisodiy samaradorlik, tuproq unumdorligi, raqamlashtirish, rentabellik, degradatsiyaAbstrak
Ushbu maqolada mamlakatimizda qishloq xo'jaligida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning iqtisodiy, tashkiliy, texnologik, agroekologik va axborot-raqamli omillari muhokama etilgan.Mazkur tadqiqotning dolzarbligi yer resurslarining cheklanganligi, tuproq unumdorligining pasayib borishi, yer resurslaridan foydalanish samaradorligiga qo'yilayotgan talablarning ortishi, yerlarning degradatsiyasi va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini raqamlashtirish jarayonlari bilan belgilanadi. Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash uchun iqtisodiy, agroekologik, texnologik va tashkiliy ko'rsatkichlarni yagona tizimga birlashtiruvchi integral yondashuv taklif etilgan. Shuningdek, yer monitoringi, davlat kadastri, geografik axborot tizimlari va masofadan zondlash ma'lumotlarini xo'jaliklarning iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan integratsiyalash asosida yer uchastkalari bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari taklif etilgan.