Suv fondi yerlari monitoring yuritish usulini dasturiy ta'minotda takomillashtirish
DOI:
https://doi.org/10.68372/6n37j451Kalit so‘zlar:
suv fondi yerlari, yer monitoringi, HydroGIS, geoaxborot tizimi, davlat yer kadastri, suvni muhofaza qilish zonasi, fazoviy tahlil, Chinoz tumaniAbstrak
Maqolada suv fondi yerlarini monitoring qilishda suv xo'jaligi obyektlari, kadastr konturlari va yerdan foydalanuvchilarga oid ma'lumotlarni yagona raqamli muhitda birlashtirish masalasi o'rganilgan. Chinoz tumani misolida ishlab chiqilgan HydroGIS platformasining tuzilishi, tematik qatlamlari va fazoviy tahlil imkoniyatlari yoritilgan. Platformada 11 turdagi qatlam bo'yicha 28 882 ta yozuv shakllantirilgan. Suv fondi yer uchastkalari chegaralarini kadastr konturlari, sug'orish tarmoqlari va muhofaza zonalari bilan solishtirish tartibi bayon etilgan. Natijalar obyektning geometrik shakli, atributiv va huquqiy ma'lumotlarini o'zaro bog'lash yer monitoringi hamda davlat yer kadastri uchun amaliy ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi.