Piyoz nav-namunalari ko‘chatlarining doimiy joyga ekish oldidan sifat ko‘rsatkichlarini baholash
Kalit so‘zlar:
piyoz, ko‘chat, nav, duragay, barglar soni, soxta poya, morfologik ko‘rsatkichlar, biometrik tahlil.Abstrak
Piyoz yetishtirish texnologiyasida yuqori sifatli ko‘chatlardan foydalanish hosildorlik va mahsulot sifatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ko‘chatlarning morfologik rivojlanganlik darajasi ularning ochiq maydon sharoitiga moslashishi, ildiz tizimining tez shakllanishi va keyingi o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda mahalliy hamda xorijiy seleksiyaga mansub 12 ta piyoz nav-namunalarining doimiy joyga ekish oldidan morfologik sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida bir tupdagi barglar soni, eng yirik bargning uzunligi, soxta poya diametri va bir tup ko‘chatning o‘rtacha vazni aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, navlar o‘rtasida mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lum darajada farqlar mavjudligi aniqlandi. Possat, Robin F₁, Red Star F₁ va Svift F₁ nav-namunalari ko‘chat sifatining yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi. Ularda soxta poya diametri 5,3–5,5 mm, ko‘chat vazni esa 5,5–5,6 g ni tashkil etdi. Bu esa ushbu navlarning ochiq maydonga ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin yuqori yashovchanlik va intensiv o‘sish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi.