Tok tuplaridagi hosil yuklamasi me'yorini belgilash va uning hosildorlikka ta'sirini ilmiy asoslash
DOI:
https://doi.org/10.68372/06x7ab11Kalit so‘zlar:
tok, yuklama, nazorat, miqdorlari, bo'z tuproq, kaliy tuzi, qumloq bo'z tuproq, massa, nitratlar, differensiyalangan, o'g'it, azot, fosfor, kaliy, harakatlanuvchiAbstrak
Ushbu maqolada keyingi yillarda tok tuplarini shakllantirish va ulardagi hosil yuklamasini me'yorlash, hosilli novdalarni uzun va qisqa kesish usullari, sug'orish hamda boshqa agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda mineral o'g'itlar me'yorini belgilash masalalari tadqiq etilgan. Tuproqning yuqori qatlamlarida umumiy fosfor miqdori 0,21-0,26% ni, harakatchan fosfor miqdori esa 18,3-27,0 mg ni tashkil etgan. Tuproqning yuqori qatlamlaridagi harakatchan fosfor miqdori pastki qatlamlarga o'tgan sari kamayib borishi aniqlangan. Yuqori qatlamda kaliy miqdori 2% ni, uning harakatchan shakli esa 185,1-219,1 mg ni tashkil etgan. Tajriba har bir variant bo'yicha uch qaytarishda olib borilgan bo'lib, har bir qaytarishda 32 tupdan tok mavjud bo'lgan.