Don yirikligining (fraksiya) fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarga ta'siri
Kalit so‘zlar:
bug'doy doni, fraksiya, don yirikligi, fizik-kimyoviy xususiyatlar, natura massasi, 1000 dona massasi, namlik, oqsil, kleykovina, shishasimonlik, kuldorlikAbstrak
Ushbu maqolada bug'doy donining turli yiriklik fraksiyalarining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqotlarda donning yirikligi, 1000 dona don massasi, natura massasi, namligi, shishasimonligi, oqsil miqdori, kleykovina miqdori va kuldorligi kabi ko'rsatkichlar tahlil qilindi. Don yirikligi ortishi bilan 1000 dona don massasi, natura massasi, shishasimonlik va ayrim hollarda oqsil hamda kleykovina miqdorining oshishi kuzatildi. Mayda fraksiyalarda esa namlikning nisbatan yuqoriligi va kuldorlikning ortishi qayd etildi. Olingan natijalar bug'doy donini qayta ishlashdan oldin yiriklik bo'yicha fraksiyalash fizik-kimyoviy xususiyatlari barqaror bo'lgan xomashyo massasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.