Davlat mulkchiligi sharoitida qishloq xo'jaligi yerlarini me'yoriy baholashning gibrid modeli: obyektiv va bozor signallarini integratsiyalash asosida

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

me'yoriy baholash, qishloq xo'jaligi yerlari, davlat mulkchiligi, tuproq boniteti, meliorativ koeffitsient, NDSI, ekonometrik modellashtirish, elektron auksion, kadastr

Abstrak

Maqolada O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaligi yerlarining davlat mulkchiligi sharoitida, erkin bozor bahosi mavjud bo'lmagan holda, ilmiy asoslangan, ob'ektiv va dinamik ravishda yangilanadigan me'yoriy baholash metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda me'yoriy-huquqiy tahlil, bonitirovka-kadastr metodologiyasini qiyosiy tahlil qilish, masofadan zondlash ma'lumotlari (NDSI spektral indeksi) asosidagi meliorativ baholash hamda log-chiziqli regressiya (OLS) orqali ekonometrik kalibrovka usullari qo'llanildi. Uch qatlamli gibrid model (normativ baza, ob'ektiv tuzatish, bozor-kalibrovka) taklif etildi va NQ=RX×NEN×BHM×FR×MK×SK×IM ko'paytirma formulasi asosida amaliy hisoblash algoritmi ishlab chiqildi. Sinov ma'lumotlari asosida qurilgan ekonometrik model yuqori aniqlik ko'rsatdi (R²=0,978; MAPE=4,59%). Birinchi marta O'zbekiston sharoitida davlat mulkchiligini saqlagan holda, yer ijarasi huquqining elektron auksion bahosidan me'yoriy modelni empirik kalibrlash mexanizmi taklif etildi. Taklif etilgan model soliq, kredit-garov, ijara, kompensatsiya, subsidiya, sug'urta va investitsiya baholash sohalarida qo'llanilishi mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 118

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.