Yeryong'oqning "Salomat" navida tup qalinligi va o'simliklar saqlanuvchanligiga ekish sxemasi, mineral o'g'it va biostimulyatorlarning ta'siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/gqahfn40Kalit so‘zlar:
yeryong'oq, Salomat navi, ekish sxemasi, tup qalinligi, maysalanish, saqlanuvchanlik, mineral o'g'it, biostimulyator, RokoguminAbstrak
Maqolada Andijon viloyatining sug'oriladigan o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida yeryong'oqning "Salomat" navida ekish sxemasi, mineral o'g'it me'yorlari hamda "Oksigumat Ekstra" va "Rokogumin" biostimulyatorlarining maysalanish davridagi tup qalinligi, hosil yig'ish davrigacha o'simliklarning saqlanishi va nobud bo'lish darajasiga ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqotning 2021-yilgi natijalarida 70×10-1 va 70×20-1 ekish sxemalari, N60P110K40 hamda N90P165K65 kg/ga mineral o'g'it fonlari, biostimulyatorlarning 1, 2 va 3 l/ga me'yorlari o'rganilgan. 70×10-1 sxemasida maysalanish davridagi tup soni 135,0-137,4 ming dona/ga, hosil yig'ishda 133,2-136,0 ming dona/ga, 70×20-1 sxemasida tegishlicha 70,6-71,4 va 70,2-70,8 ming dona/ga ni tashkil etgan. O'simliklarning o'rtacha saqlanuvchanligi 70×10-1 sxemasida 98,98%, 70×20-1 sxemasida esa 99,36% bo'lgan. Mineral oziqlanish fonining N90P165K65 kg/ga gacha oshirilishi bilan nobud bo'lish ulushi 70×10-1 sxemasida 1,16% dan 0,87% gacha, 70×20-1 sxemasida 0,74% dan 0,54% gacha kamayish tendensiyasini ko'rsatgan. Biostimulyatorlarning 2-3 l/ga me'yorlarida o'simliklar saqlanuvchanligi ko'pchilik variantlarda yuqoriroq bo'lgan.