O'rmon fondi yerlarining raqamli kadastr pasportini GAT asosida shakllantirish (Kogon tumani misolida)
DOI:
https://doi.org/10.68372/z0qt5x45Kalit so‘zlar:
o'rmon fondi yerlari, geoaxborot tizimi, raqamli kadastr pasporti, davlat yer kadastri, fazoviy ma'lumotlar, atributiv baza, masofadan zondlash, topologik nazorat, yer monitoringi, Kogon tumaniAbstrak
Maqolada o'rmon fondi yerlarining fazoviy, huquqiy, miqdoriy, sifat va ekologik ko'rsatkichlarini yagona geoaxborot muhitida birlashtirish asosida raqamli kadastr pasportini shakllantirishning takomillashtirilgan metodikasi taklif etilgan. Kogon tumani misolida ma'lumotlarni inventarizatsiya qilish, koordinatalarni tekshirish, atributlar bazasini yaratish, topologik nazoratdan o'tkazish hamda ortofoto va sun'iy yo'ldosh tasvirlari bilan taqqoslash bosqichlari tizimlashtirilgan. Taklif etilgan yondashuv davlat yer kadastri, o'rmon xo'jaligi hisobi va monitoring ma'lumotlarining takrorlanishini kamaytirish, ularning aniqligi va dolzarbligini oshirish hamda yer uchastkalaridagi o'zgarishlarni muntazam kuzatishga xizmat qiladi.