Intensiv texnologiya 76x10x11x1 sxemada tomchilatib va egatlab sug'orish hamda polietilen to'shalgan va ochiq maydonda xorijdan keltirilgan yangi g'o'za navlarining o'sish-rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri
Kalit so‘zlar:
76x10x11x1 sxema, plyonka ostida tomchilatib sug'orish, ochiq maydonda g'o'za yetishtirish, JH-332, JH-219, JH-242 navlariAbstrak
Tadqiqotda xorijdan keltirilgan JH-218, JH-332, JH-219 va JH-242 g'o'za navlarini 76x10x11x1 sxemada, 220-240 ming tup/ga ko'chat qalinligida yetishtirish samaradorligi o'rganildi. Plyonka ostida tomchilatib sug'orish va ochiq maydonda an'anaviy egatlab sug'orish usullari taqqoslandi. Fenologik kuzatuvlar asosida g'o'zaning bo'yi, chinbarg, hosil shoxlari, shona, gul va ko'saklar soni hamda ko'saklarning ochilish darajasi aniqlandi. Natijalarga ko'ra, plyonka ostida tomchilatib sug'orish sharoitida g'o'zaning o'sishi va rivojlanishi yuqori bo'ldi. Ayniqsa, JH-332 navi yuqori ko'rsatkichlarni namoyon etdi. Ushbu texnologiya g'o'za yetishtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.