Sug'oriladigan yerlarning sho'rlanish dinamikasi va meliorativ holatini baholash

Mualliflar

  • Bobobekova Sh. D. Guliston davlat universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

sug'oriladigan yerlar, tuproq sho'rlanishi, melioratsiya, sho'r yuvish, meliorativ holat, tuproq unumdorligi, drenaj, sizot suvlari, tuproq sho'rlanishi dinamikasi, qishloq xo'jaligi, sug'orish

Abstrak

Ushbu tadqiqotda 2023-2024-yillarda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi sug'oriladigan yerlarning tuproq sho'rlanish darajasi va meliorativ holati tahlil qilindi. Tadqiqot Sirdaryo viloyati Meliorativ ekspertiza markazining rasmiy monitoring ma'lumotlari asosida amalga oshirildi. Tuproq sho'rlanishi dinamikasini baholashda taqqoslash va statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari sho'rlanmagan va kuchsiz sho'rlangan yerlar maydoni ortganini, o'rtacha hamda kuchli sho'rlangan tuproqlar maydoni esa kamayganini ko'rsatdi. Olingan natijalar meliorativ tadbirlar, xususan sho'r yuvish ishlari va kollektor-drenaj tizimlarining samarali ishlashi tuproq holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur tadqiqot natijalari sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish hamda qishloq xo'jaligi yerlaridan barqaror foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 57

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.