Asal beruvchi o‘rmon plantatsiyasini tashkil etish va aralash ekish sxemasini ishlab chiqish

Mualliflar

  • Jurayev J. M. Toshkent davlat agrar universiteti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/sqrtz441

Kalit so‘zlar:

asal beruvchi o‘simliklar, aralash o‘rmon plantatsiyasi, ekish sxemasi, hisobiy zichlik, fazoviy joylashtirish, daraxt-buta komponenti, o‘tsimon o‘simliklar, nektar konveyeri.

Abstrak

Maqolada asal beruvchi daraxt, buta va o‘tsimon o‘simliklar ishtirokida aralash o‘rmon plantatsiyasini tashkil etishning tarkibiy va fazoviy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda ekish sxemalarining hisobiy qiyosi hamda umumiy maydoni 2 gektar bo‘lgan ikkita tajriba dalasida amalga oshirilgan joylashtirish yechimi tahlil qilingan. 4×4, 4×5, 5×5, 5×6 va 6×6 m sxemalar bo‘yicha bir daraxtga ajratilgan nominal maydon va nazariy zichlik hisoblangan. Daraxt, buta va o‘tsimon komponentlarni birgalikda joylashtirish talablari asosida asosiy daraxtlar uchun 5×6 m sxema qabul qilingan. Har bir tajriba dalasida 320 tup asosiy daraxt va 320 tup buta joylashtirilgan, suv manbai atrofiga qo‘shimcha 100 tupdan echki tol ekilgan. Qator oralig‘ining markaziy 3 m qismi o‘tsimon asal beruvchi o‘simliklar uchun ajratilgan. Ishlab chiqilgan yechimning ilmiy-amaliy ahamiyati turli hayotiy shakllarga mansub o‘simliklarni yagona plantatsiya tarkibida joylashtirish va mavsumiy ozuqa bazasini shakllantirishga qaratilgani bilan belgilangan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 91

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.