Mavsumiy moliyaviy siklni identifikatsiyalash va moliyaviy barqarorlikning mavsumiy tuzatilgan ko'rsatkichlari (mineral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi korxona misolida)

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/27j4mt56

Kalit so‘zlar:

mavsumiy moliyaviy sikl, sikl fazalari, STL-dekompozitsiya, mavsumiylik indeksi, hisobot sanasi og'ishi, tuzatilgan joriy likvidlik, mavsumiy kassa uzilishi, ikki tomonlama mavsumiylik

Abstrak

Maqolada mavsumiy moliyaviy sikl fazalarini oylik pul oqimlari asosida identifikatsiyalash metodikasi va moliyaviy barqarorlikning mavsumiy tuzatilgan ko'rsatkichlari tizimi taklif etilgan. Empirik baza — “Maxam-Chirchiq” AJning 2021–2025-yillardagi 60 oylik pul tushumi va sarfi hamda 2022–2026-yillardagi choraklik balans nuqtalari. STL-dekompozitsiya bo'yicha mavsumiylik kuchi F_s = 0,85, mavsumiy indekslar aprel—mayda 1,67–1,78, sentyabrda 0,38; indeks chegaralari (1,2 va 0,8) asosida sotuv cho'qqisi (mart–iyul), o'tish (fevral) va zaxira to'plash/chuqurlik (avgust–yanvar) fazalari ajratilgan. Chuqurlik fazasidagi sof mavsumiy kassa uzilishi 2023-yilda 246,8 mlrd so'm (yillik tushumning 13,7 foizi), 2025-yilda 232,0 mlrd so'm (10,3 foiz); 2024-yilda uzilish gaz to'lovlarini kechiktirish orqali kreditorlik qarziga ko'chgan. Ikki tomonlama mavsumiylik gaz to'lovlari profilida tasdiqlangan (gaz va tushum profillari korrelyatsiyasi 0,94). Yil oxiri sanasi sikl ichidagi eng “qulay” nuqta ekani ko'rsatilgan: joriy likvidlik 2025-yilda 1,07 (31-mart) dan 2,10 (31-dekabr) gacha tebrangan. Besh ko'rsatkichdan iborat tizim uchun formulalar, korxona bo'yicha qiymatlar va talqin keltirilgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-19

O'xshash maqolalar

1-10 of 159

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.