Markaziy Osiyoda yaratilgan bug'doy navnamunalarining morfo-fenologik xususiyatlari va seleksion qiymatini baholash

Mualliflar

  • Turg'unboyeva Z. G'. O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/gckqxf75

Kalit so‘zlar:

kuzgi bug'doy, nav namunasi, fenologik rivojlanish, texnik pishish, vegetatsiya davri, o'simlik bo'yi, yotib qolishga chidamlilik, seleksiya

Abstrak

Maqolada 2025-2026-yillar vegetatsiya mavsumida kuzgi muddatda ekilgan Markaziy Osiyo bug'doy nav namunalarining fenologik rivojlanishi va ekishdan texnik pishishgacha bo'lgan davri tahlil qilindi. Birlamchi fenologik jadvallarda 107 ta nav namunasining ikki qaytariqdagi kuzatuvlari hamda qo'shimcha pitomnikdagi 33 ta namuna bo'yicha morfologik va fenologik ko'rsatkichlar qayd etilgan. Asosiy tajribada unib chiqish, tuplanish, naychalash, boshoqlash, gullash va pishish bosqichlarining kechishi baholandi. Fenologik kuzatuvlarda C-158, C-26 va C-24 namunalari boshqa variantlarga nisbatan 2-3 kun ertaroq rivojlanganligi qayd etilgan. Qo'shimcha pitomnikda 2025-yil 9-oktabrda ekilgan 33 namuning 31 tasi 2026-yil 27-mayda, C-168 va C-169 namunalari esa 28-mayda texnik pishishga yetgan. Shu asosda ekishdan texnik pishishgacha bo'lgan davr 230-231 kunni, o'rtacha 230,1 kunni tashkil etdi. O'simlik bo'yi 75-91 sm oralig'ida, o'rtacha 84,4 sm bo'lib, yotib qolishga chidamlilik 6-9 ball diapazonida baholandi. Olingan natijalar fenologik jihatdan qisqa muddatli va morfologik jihatdan barqaror namunalarni seleksiya uchun boshlang'ich manba sifatida ajratishda foydalanish mumkinligini ko'rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 245

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.