O'rmon tugmachaguli (Malva sylvestris L.) ning botanik tasnifi, tarixi, geografik areali va bioekologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar tahlili

Mualliflar

  • Raximova J. Sh. Toshkent davlat agrar universiteti ##default.groups.name.author##
  • Berdibayeva D. B. Toshkent davlat agrar universiteti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/ygzdp841

Kalit so‘zlar:

Malva sylvestris, Malvaceae, o'rmon tugmachaguli, sistematika, morfologiya, geografik areal, bioekologiya, fenologiya, changlanish, urug' unuvchanligi, Markaziy Osiyo, O'zbekiston

Abstrak

Mazkur maqolada Malvaceae Juss. oilasiga mansub o'rmon tugmachaguli — Malva sylvestris L. turining botanik tasnifi, o'rganilish tarixi, geografik areali va bioekologik xususiyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili natijasida M. sylvestris L. zamonaviy taksonomik tizimda Malvaceae Juss. oilasi, Malva L. turkumiga mansub qabul qilingan tur ekanligi aniqlandi. Ilmiy adabiyotlarda turning morfologiyasi, fenologiyasi, gullash va changlanish biologiyasi, urug'larning tinch holati va unish xususiyatlari, ekologik moslashuvchanligi hamda etnobotanik ahamiyati bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Tahlil qilingan manbalar M. sylvestris ning keng ekologik elastiklikka ega ekanini, turli antropogen va tabiiy muhitlarda saqlanish qobiliyati yuqori ekanini ko'rsatadi. Shu bilan birga, O'zbekiston sharoitida turning populyatsion holati, fenologiyasi, urug' mahsuldorligi, ekologik omillarga munosabati va tarqalish dinamikasini maxsus tadqiq etish zarurligi aniqlandi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 185

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.