Kolmatajlangan tuproqlarda paragenetik elementlarning geokimyoviy xususiyatlari: Ca va Sr misolida
DOI:
https://doi.org/10.68372/d12hgr75Kalit so‘zlar:
paragenetik elementlar, kolmatatsiyalangan tuproq, kalsiy, stronsiy, geokimyo, migratsiya, konsentratsiya klarki, radial migratsiya, Farg'ona vodiysiAbstrak
Ushbu maqolada kolmatatsiyalangan tuproqlarda paragenetik elementlarning shakllanishi va geokimyoviy xususiyatlari Ca va Sr misolida tahlil qilindi. Paragenetik elementlar tuproq hosil bo'lish jarayonida bir-biri bilan geokimyoviy jihatdan bog'liq holda migratsiyalanadigan, akkumulyatsiyalanadigan yoki bir xil mineral-geokimyoviy muhitda uchraydigan elementlar majmuasini ifodalaydi. Tadqiqotda Ca va Sr ning ion-kimyoviy xususiyatlari, tuproq profilidagi tarqalishi, konsentratsiya klarki, klark taqsimoti va radial migratsiyasi o'rganildi. Farg'ona vodiysining So'x, Isfayram va Shohimardonsoy hududlarida shakllangan tuproqlar bo'yicha mavjud ma'lumotlar tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra, Ca miqdori hududlar bo'yicha sezilarli farqlanib, So'x hududida esa 6700-7650 mg/kg oralig'ida bo'lgan. Ca va Sr o'rtasida salbiy korrelyatsiya aniqlandi, o'rtacha miqdorlar bo'yicha r=-0,32, konsentratsiya klarki bo'yicha r=-0,26, radial migratsiya bo'yicha esa r=-0,550 ni tashkil etgan. Ushbu natijalar kolmatatsiyalangan tuproqlarda Ca va Sr ning o'zaro bog'liq, biroq bir xil yo'nalishdagi kechmaydigan geokimyoviy migratsiya jarayonlariga ega ekanligini ko'rsatadi.