Sanoat korxonalarining tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlari
Kalit so‘zlar:
sanoat korxonasi, tashkiliy-iqtisodiy tavsif, ishlab chiqarish, iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv tizimi, mehnat resurslari, inson kapitali, mehnat unumdorligi, rentabellik, raqamlashtirishAbstrak
Maqolada sanoat korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlari tizimli yondashuv asosida tadqiq etilgan. Sanoat korxonasi faoliyatini tavsiflashda uning tashkiliy tuzilmasi, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, resurs salohiyati, ishlab chiqarish hajmi, moliyaviy natijalari, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi va raqamlashtirish darajasini o'zaro bog'liq holda baholash zarurligi asoslangan. O'zbekiston sanoatining 2020-2025-yillardagi rivojlanish dinamikasi rasmiy statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilinib, ishlab chiqarish sanoatining tarmoq tarkibidagi ustuvor o'rni aniqlangan. Korxona faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy holatini kompleks baholash uchun tashkiliy, ishlab chiqarish-texnologik, moliyaviy-iqtisodiy, mehnat-kadrlar hamda raqamli rivojlanish ko'rsatkichlarini birlashtiruvchi yondashuv taklif etilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, sanoat korxonasining iqtisodiy samaradorligi faqat ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarga emas, balki boshqaruv tuzilmasi, inson kapitalidan foydalanish, innovatsiyalar hamda raqamli boshqaruv vositalarining integratsiyalashuv darajasiga ham bevosita bog'liq ekanligi asoslangan.