Mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari va ularning iqtisodiy samaradorligi
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, xodimlar malakasi, kasbiy kompetensiya, raqobatbardoshlik, mehnat unumdorligi, raqamli kompetensiya, innovatsiya, malaka oshirish, inson resurslari, raqobat ustunligiAbstrak
Ushbu maqolada kichik biznes korxonalarida xodimlar malakasini rivojlantirishning korxona raqobatbardoshligiga ta'siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda xodimlarning kasbiy bilimlari, amaliy ko'nikmalari, raqamli kompetensiyalari va innovatsion salohiyatining mahsulot sifati, xizmat ko'rsatish darajasi, mehnat unumdorligi hamda korxonaning bozor mavqeiga ta'siri tahlil qilindi. O'zbekiston kichik biznesining zamonaviy iqtisodiyotdagi o'rni statistik ma'lumotlar asosida baholandi. Shuningdek, xodimlar malakasini rivojlantirishning korxona raqobatbardoshligiga ta'sirini kuchaytiruvchi tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari kichik biznesda malaka oshirishni oddiy o'quv jarayoni sifatida emas, balki raqobat ustunligini shakllantiruvchi strategik vosita sifatida ko'rib chiqish zarurligini ko'rsatadi.