Har xil yiriklik fraksiyalariga ega bo'lgan bug'doy donining unboplik xususiyatlari

Mualliflar

  • Karimov I. R. Namangan davlat texnika universiteti ##default.groups.name.author## https://orcid.org/0009-0005-8072-116X
  • Mizatillayeva E. Namangan davlat texnika universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

bug'doy, don, fraksiya, yiriklik, unboplik, un chiqimi, endosperm, natura massasi, 1000 dona don massasi, kuldorlik, oqsil

Abstrak

Ushbu maqolada turli yiriklik fraksiyalariga ajratilgan bug'doy donining unboplik xususiyatlari o'rganilgan. Tadqiqotlarda bug'doy donining yirikligi, 1000 dona don massasi, natura massasi, namligi, shishasimonligi, oqsil miqdori, un chiqimi va unning kuldorligi kabi asosiy ko'rsatkichlar tahlil qilingan. Don yirikligining ortishi bilan uning texnologik xususiyatlari, jumladan, endosperm miqdori va un chiqimining ma'lum darajada oshishi kuzatilgan. Yirik fraksiyali donlardan olingan unning sifati mayda fraksiyali donlarga nisbatan yuqoriroq bo'lishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari bug'doy donini un ishlab chiqarishga yo'naltirishdan oldin yiriklik fraksiyalari bo'yicha saralash texnologiyasining samaradorligini ko'rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 143

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.