Buxoro viloyati bo'yicha ko'rsatilgan savdo xizmatlari hajmi va unga ta'sir etuvchi omillar dinamikasini iqtisodiy prognozlash

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

savdo xizmatlari, elektron tijorat, internet abonentlari, ijtimoiy tarmoqlar, ekonometrik model, parabolik trend, Xolt modeli, iqtisodiy prognozlash, ssenariyli prognoz, Buxoro viloyati, raqamli iqtisodiyot

Abstrak

Mazkur maqolada Buxoro viloyatida ko'rsatilgan savdo xizmatlari hajmi va unga ta'sir etuvchi raqamli iqtisodiyot omillarining dinamikasi iqtisodiy-statistik hamda ekonometrik usullar asosida o'rganilgan. Savdo xizmatlari hajmiga internet tarmog'iga ulangan abonentlar soni, faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, elektron tijorat hamda kontent sektori va ommaviy axborot vositalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning ta'siri baholangan. Ko'p omilli ekonometrik model, parabolik trend tenglamalari va Xoltning trendli eksponensial silliqlash usuli yordamida 2026-2030-yillarga mo'ljallangan prognoz ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, savdo xizmatlari rivojlanishining pessimistik, bazaviy va optimistik ssenariylari shakllantirilgan. Prognozlarning aniqligi R², MAPE, RMSE, MAE va Teylning U koeffitsiyenti asosida baholangan. Natijalar Buxoro viloyatida raqamli infratuzilma, elektron tijorat va raqamli marketing vositalarining rivojlanishi savdo xizmatlari hajmining barqaror o'sishiga xizmat qilishini ko'rsatgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 91

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.