Qurilish sanoati korxonalarida investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini boshqarishning nazariy asoslarini takomillashtirish
Kalit so‘zlar:
investitsiyalar, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi, investitsion muhit, davlat-xususiy sheriklik, institutsional yondashuv, investitsion jozibadorlik, risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlik, investitsion samaradorlik, qurilish sanoatiAbstrak
Mazkur maqolada qurilish sanoati korxonalarida investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi investitsiyalarni jalb qilish mexanizmining iqtisodiy mohiyati va tarkibiy elementlarini ochib berish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan nazariy-konseptual model ishlab chiqishdan iborat. Institutsional-dinamik, qiyosiy va statistik tahlillar asosida qurilish tarmog‘iga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi barqaror o‘sib borayotgani, biroq institutsional-huquqiy hamda risklarni boshqarish mexanizmlarining rivojlanishi ushbu o‘sish sur’atlaridan ortda qolayotgani aniqlangan. Tadqiqot natijalari qurilish korxonalarida investitsion jarayonlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.