Takroriy mosh navlarini egatlab va egat oralatib sug‘orish tartiblarining tuproqdagi suv zaxirasi va umumiy suv iste’moliga ta’siri
Kalit so‘zlar:
takroriy mosh, Marjon, Durdona, ChDNS, egatlab sug‘orish, egat oralatib sug‘orish, suv zaxirasi, mavsumiy sug‘orish me’yori, umumiy suv iste’moli, suvdan foydalanish samaradorligiAbstrak
Mazkur maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan «Marjon» va «Durdona» mosh navlarini an’anaviy egatlab hamda istiqbolli egat oralatib sug‘orish usullari turli sug‘orish oldi tuproq namligi (ChDNS ga nisbatan 65-65-65%, 70-70-65%, 75-75-65%) sharoitida tahlil qilingan. Tadqiqotda umumiy suv iste’moli, tuproqdagi suv zaxiralari, yer osti suvlari ulushi hamda 1 sentner don hosili uchun sarflangan suv me’yorlari 2021-yil dala tajribalari asosida baholangan. Natijalarga ko‘ra, ChDNS ga nisbatan 70-70-65% namlik rejimida egat oralatib sug‘orish suv resurslarini sezilarli darajada tejash va yuqori hosildorlikka erishish imkonini beradi.