O'zbekiston sharoitida yapon mushmulasini (Eriobotrya japonica Lindl.) «Yagona» navini yashil qalamchalaridan ko'paytirishda rizogenez stimulyatorlarining samaradorligi

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/kr0cpf44

Kalit so‘zlar:

Eriobotrya japonica, «Yagona» navi, subtropik mevachilik, yashil qalamcha, rizogenez, kallusogenez, IMK, IUK, Kornevin

Abstrak

Yapon mushmulasi (Eriobotrya japonica Lindl.) jahon subtropik mevachiligida istiqbolli, biroq qiyin ildiz otadigan ekinlar sirasiga kiradi. Maqolada yapon mushmulasini yashil qalamchalarining regeneratsiya faolligiga turli rizogenez stimulyatorlari ta'siri tizimli baholandi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, eng yuqori rizogenez faolligi 2-variantda —IMK 100 mg/l suvli eritmasida 16 soat saqlanganda kuzatildi: ildiz otish ko'rsatkichi 76.00±3.46% ni, kallus hosil bo'lishi 26.00±2.08 kunni, ildiz otish muddati 45.00±2.08 kunni, bitta qalamchadagi ildizlar soni 5.60±0.42 donani hamda ildiz uzunligi 7.20±0.44 sm ni tashkil etdi. Nazorat variantida (suv, 24 soat) bu ko'rsatkichlar mos ravishda 8.00±0.67%, 69 kun, 1.8 dona va 2.5 sm ga teng bo'ldi. Variantlararo farqlarning yuqori darajadagi statistik ishonchliligi isbotlandi (Ffakt=80.12>Fjadval=3.11; P<0.001P; EKF05= 7.56.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 123

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.