Bentonit qo‘llash usuli, muddati va me’yorlarining soya urug‘larining ko‘chat qalinligiga ta’siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/z04g0236Kalit so‘zlar:
bentonit, dala unuvchanligi, korrelyatsiya, ko‘chat qalinligi, och tusli bo‘z tuproq, regressiya., soya, tuganaklar, yashovchanlikAbstrak
Maqolada Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlarida bentonitni $N_{90}P_{60}K_{90}$ fonida turli usul, muddat va me’yorda (100–750 kg/ga) qo‘llashning “O‘zbek-6” soya navining dala unuvchanligi, ko‘chat qalinligi va tuganak hosil qilishiga ta’siri yoritilgan. Bentonitni ekish bilan birga qo‘llash dala unuvchanligini 84,1 % dan 84,8–87,2 % ga, ko‘chat qalinligini 1,5–6,8 % ga, shonalash fazasidagi tuganaklar sonini 10,1–26,6 % ga oshirdi. Ko‘chat qalinligi bentonit me’yori (r = 0,925–0,991), dala unuvchanligi (r = 0,924) va tuganaklar soni (r = 0,855) bilan kuchli bog‘langan. Maqbul me’yor – ekish bilan birga 400 kg/ga.
Yuklashlar
Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.
Downloads
Nashr qilingan
2026-10-30
Nashr
Bo'lim
Articles