Ekish muddatlari va tizimlari hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarining jo‘xori silos massa hosili sifatiga ta’siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/m20f7378Kalit so‘zlar:
jo‘xori, silos massa, ekish muddatlari, ekish tizimlari, mineral o‘g‘itlar, oziqlantirish me’yorlari, hosil sifati, yashil massa hosildorligi, quruq modda, ozuqaviy qiymat, azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, agrotexnologiya, vegetatsiya davri, fotosintez, o‘simliklar qalinligi, silosbop ekinlar.Abstrak
Ushbu tadqiqotda jo‘xorini ekish muddatlari va tizimlari hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarining silosbop ko‘k massa hosili va sifatiga ta’siri o‘rganiladi. Tajribalarda ekish vaqti va usullarining o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi, ko‘chat qalinligi hamda hosildorlikka ta’siri baholanadi. Shuningdek, azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni maqbul nisbat va me’yorlarda qo‘llashning ko‘k massa to‘planishi, ozuqaviy qiymati va silos tayyorlash xususiyatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Olingan natijalar asosida muayyan tuproq-iqlim sharoitida yuqori hosil va sifatli silos massasi yetishtirish uchun samarali agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutiladi.