Golshteyn zotli qoramollarning sut mahsuldorligini oshirishda ozuqa ratsionlarining ahamiyati
DOI:
https://doi.org/10.68372/0z9pc451Kalit so‘zlar:
Golshteyn zoti, sut mahsuldorligi, ratsion, oziqlantirish, silos, senaj, pichan, konsentrat, xom protein, quruq modda, energiya.Abstrak
Mazkur maqolada Golshteyn zotli qoramollarning sut mahsuldorligini oshirishda to‘laqonli va muvozanatlashtirilgan oziqlantirishning ahamiyati yoritilgan. Sigirlarning sut berish davri, tirik vazni va kunlik sut mahsuldorligiga qarab yem-xashak miqdorini belgilash hamda ratsion tarkibida dag‘al, shirali va konsentrat ozuqalar nisbatini optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. 20, 25 va 30 kg sut beruvchi sigirlar uchun namunaviy ratsionlar ishlab chiqilib, ularda quruq modda, xom protein, energiya va mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga e’tibor qaratilgan. Ratsion tarkibiga sifatli pichan, makkajo‘xori silosi, senaj, arpa, makkajo‘xori doni, soya shroti va mineral qo‘shimchalarni kiritish sut ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning muhim omili sifatida tavsiya etiladi.