O‘zbekistonda asosiy stavkaning kredit foizlariga ta’siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/xznxw155Kalit so‘zlar:
Markaziy bank, asosiy stavka, monetar siyosat, kredit foiz stavkasi, tijorat banklari, foiz transmissiyasi, vaqt lag‘i, ekonometrik tahlil.Abstrak
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi o‘zgarishining tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar foiz stavkalariga ta’siri tadqiq etilgan. Monetar siyosatning foiz kanali, asosiy stavkaning kredit resurslari qiymatiga o‘tishi va ushbu jarayonda yuzaga keladigan vaqt kechikishi nazariy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda Markaziy bankning rasmiy statistik ma’lumotlari hamda 2019–2023-yillarda 23 ta tijorat banki faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ekonometrik baholash natijalaridan foydalanilgan. Natijalar asosiy stavkaning kredit foizlariga ta’siri bosqichma-bosqich shakllanishini va ikkinchi oydan boshlab sezilarli namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Shuningdek, imtiyozli kreditlash, banklarning resurs bazasi, kredit risklari va banklararo raqobat foiz transmissiyasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida foiz kanali samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.