Dinamik programmalashtirish masalalari
DOI:
https://doi.org/10.68372/tgf31y07Kalit so‘zlar:
dinamik modellashtirish, resurslarni taqsimlash, investitsiya hajmi, samaradorlik funksiyasi, optimallashtirish, Bellman prinsipi.Abstrak
Maqolada ko‘p bosqichli boshqaruv modellaridan biri – dinamik programmalashtirish yondashuvi vositasida ishlab chiqarish birlashmalarida moliyaviy resurslarni oqilona yo‘naltirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida cheklangan miqdordagi investitsiyalarni bir nechta xo‘jalik subyektlari o‘rtasida eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishgan holda taqsimlash algoritmi R. Bellmanning optimallik prinsipi asosida ochib berilgan. Mualliflar tomonidan aniq raqamli ma’lumotlar va funksional tenglamalar asosida iterativ hisob-kitoblar amalga oshirilib, kapitalning optimal taqsimlash rejasi ishlab chiqilgan. Hisob-kitoblar natijasida 200 birlik mablag‘ning 120 birligini birinchi va 80 birligini to‘rtinchi korxonaga ajratishdan iborat optimal reja topilib, birlashmaning maksimal umumiy daromadi 95 birlikka teng ekani aniqlangan.