Hududlarda aholi bandligi va turmush farovonligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarni baholash va takomillashtirish yo‘nalishlari
DOI:
https://doi.org/10.68372/0krqs552Kalit so‘zlar:
aholi bandligi, turmush farovonligi, kambag‘allik, ish haqi, hududiy tafovut, integral indeks, korrelyatsion-regression tahlil, transfert daromadlar.Abstrak
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududlarida aholi bandligi va turmush farovonligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar rasmiy statistika ma’lumotlari asosida baholangan. 14 ta hudud kesimida 2021–2025-yillardagi kambag‘allik darajasi, bandlik darajasi, o‘rtacha oylik nominal ish haqi, aholi jon boshiga jami daromad, daromadlar tarkibi va xorijdan pul o‘tkazmalari ulushi tahlil qilingan. Pirson va Spirmen korrelyatsiya koeffitsiyentlari, eng kichik kvadratlar usulidagi ikki omilli regressiya modeli hamda min-max normallashtirishga asoslangan hududiy bandlik va farovonlik integral indeksi qo‘llanilgan. Natijalar kambag‘allikning hududlararo farqi keskin qisqarganini, biroq ish haqi va daromad bo‘yicha tafovut saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Kambag‘allik darajasining hududiy tabaqalanishini asosan ish haqi darajasi izohlashi aniqlangan. Hududlarni to‘rt guruhga ajratuvchi tipologiya va har bir guruh uchun bandlik siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etilgan.