Kichik biznesda inqiroz xavfini aniqlashning moliyaviy diagnostika usullari
DOI:
https://doi.org/10.68372/v3xjkc03Kalit so‘zlar:
kichik biznes, inqiroz xavfi, erta aniqlash, moliyaviy diagnostika, moliyaviy koeffitsiyentlar, integral skoring, logistik regressiya, prognoz sifatiAbstrak
Maqolada kichik biznes subyektlarida inqiroz xavfining iqtisodiy mazmuni aniqlashtirilgan hamda uni erta aniqlashda qo'llaniladigan moliyaviy diagnostika usullari qiyosiy tahlil qilingan. Muallif tomonidan inqiroz xavfining ehtimollik, ko'p omillilik va dinamiklik xususiyatlariga asoslangan ishchi ta'rifi, xavf omillarini "birlamchi omillar – oraliq moliyaviy simptomlar – yakuniy xavf holatlari" darajalari bo'yicha tizimlashtirish yondashuvi taklif etilgan. Moliyaviy koeffitsiyentlar, integral skoring, logistik regressiya, mashinali o'qitish va dinamik modellar axborot talabi, iqtisodiy talqin imkoniyati va kichik biznes ma'lumotlariga moslik mezonlari bo'yicha baholanib, prognoz modellarini bosqichma-bosqich tanlash va ularning sifatini xatolar qiymatini hisobga olgan holda tekshirish tartibi asoslab berilgan.