Ertapishar olma navlarining mikro- va makrosporogenezi hamda chang sifati
DOI:
https://doi.org/10.68372/8zt17m98Kalit so‘zlar:
mikrosporogenez, tetrada, urug'kurtak, gametofit, chang hayotchanligi, changni saqlashAbstrak
10 ta ertapishar olma navida mikrosporogenez, makrosporogenez, gametogenez, changning hayotchanligi, unuvchanligi va +4 °C da 30 kun saqlangandan keyingi sifati o'rganildi. Normal tetradalar ulushi 89,8–94,0 %, normal urug'kurtaklar 88,6–91,2 %, to'liq shakllangan gametofitlar 87,2–91,5 % ni tashkil etdi. Eng sifatli chang Katta Jonaqi (hayotchanlik 78,5 %, unuvchanlik 73,0 %) va Vilyams Prayd (77,2 %; 72,5 %) navlarida shakllandi va ular saqlashda hayotchanlikni eng kam (10,2–10,5 %) yo'qotdi. Bu navlar chatishtirishda ota shakl sifatida tavsiya etiladi.
Yuklashlar
Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.
Downloads
Nashr qilingan
2026-10-30
Nashr
Bo'lim
Articles