Ipoteka kreditlashning nazariy asoslari va xorijiy modellari: AQSH, Germaniya, Qozog'iston va Malayziya tajribasi
DOI:
https://doi.org/10.68372/j3avfk59Kalit so‘zlar:
ipoteka kreditlash, refinanslash, sekyuritizatsiya, qoplangan obligatsiya (Pfandbrief), uy-joy jamg'arma tizimi, ipoteka riski, hamyonbop uy-joyAbstrak
Maqolada ipoteka kreditlashning nazariy-metodologik asoslari va to'rt mamlakat — AQSH, Germaniya, Qozog'iston va Malayziya — moliyalashtirish modellari 2021–2025 yillardagi rasmiy statistika asosida qiyosiy tahlil qilingan. Axborot assimetriyasi, muddat transformatsiyasi va foiz riski nazariyalari asosida ipoteka tizimlarining to'rt tipi ajratildi: sekyuritizatsiyaga asoslangan (AQSH), qoplangan obligatsiyalarga asoslangan (Germaniya), shartnomaviy jamg'arma va subsidiyaga asoslangan (Qozog'iston) hamda refinanslash-kafolat modeli (Malayziya). Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, tizim barqarorligini uzoq muddatli resurs bazasining muddat bo'yicha mosligi, riskning aniq taqsimlanishi va davlat ko'magining shaffofligi belgilaydi. O'zbekiston uchun amaliy xulosalar shakllantirildi.