AQSH va yevropa ittifoqi mamlakatlari organik meva-sabzavotlar sertifikatlaridagi farqlar
DOI:
https://doi.org/10.68372/6s3sea48Kalit so‘zlar:
USDA Organic, EU Organic, organik qishloq xo'jaligi, sertifikatlash, meva-sabzavot, eksport, markirovkalash, kuzatuvchanlik, organik ekvivalentlik, O'zbekistonAbstrak
Ushbu maqolada AQSH va Yevropa Ittifoqida organik meva-sabzavot mahsulotlarini sertifikatlash tizimlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda AQSH Qishloq xo'jaligi departamentining National Organic Program (USDA NOP) talablari hamda Yevropa Ittifoqining Regulation (EU) 2018/848 asosidagi organik ishlab chiqarish va markirovkalash tizimi o'rganildi. Sertifikatlash organlari, ishlab chiqarish qoidalari, organik mahsulot tarkibiga qo'yiladigan talablar, markirovkalash, nazorat, import hujjatlari va kuzatuvchanlik mexanizmlaridagi farqlar aniqlangan. Tahlil shuni ko'rsatadiki, ikki tizimning umumiy maqsadi o'xshash bo'lsa-da, ularning nazorat falsafasi va ayrim amaliy mexanizmlari bir-biridan farq qiladi. AQSH tizimida “100 Percent Organic”, “Organic” va “Made with Organic” kabi toifalar mavjud bo'lsa, Yevropa Ittifoqida 95 foizlik mezon asosida “organic” maqomini berish va EU Organic logotipidan foydalanish markaziy o'rin tutadi. AQSH va YI o'rtasidagi organik ekvivalentlik kelishuvi esa ikki tizim o'rtasidagi farqlarga qaramay, tegishli shartlar bajarilganda o'zaro savdoni yengillashtiradi. Maqolada O'zbekistonning organik meva-sabzavot eksporti uchun ushbu ikki tizimdan kelib chiqadigan amaliy xulosalar ham ishlab chiqilgan.