O'zbekiston kimyo sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida mavsumiylikning moliyaviy barqarorlikka ta'siri: panel tahlil (2018-2026-yillar)
DOI:
https://doi.org/10.68372/yf5qea28Kalit so‘zlar:
mavsumiylik, mineral o'g'itlar sanoati, aksiyadorlik jamiyatlari, panel tahlil, moliyaviy barqarorlik, birinchi chorak zarari, avtonomiya koeffitsiyenti, joriy likvidlik, foiz yuki, mavsumiy barqarorlik pasportiAbstrak
Maqolada O'zbekiston mineral o'g'itlar sanoatining beshta aksiyadorlik jamiyati bo'yicha ochiq moliyaviy hisobotlar asosida shakllantirilgan panel (yillik 2018-2025, choraklik 2021-2026-yillar) tahlil qilingan. Diskret choraklik tushum asosida mavsumiylik profili korxonalar kesimida baholangan: azotli o'g'it ishlab chiqaruvchilarda ikkinchi chorakka yillik tushumning 33-41 foizi to'g'ri keladi, amplituda 1,9-2,8 barobar; fosforli va kaliyli o'g'itlarda profil tekisroq (1,3-2,2). Birinchi chorak zarari 2024-2026-yillarda azotli zavodlarda tizimli hodisaga aylangani ko'rsatilgan. 35 ta korxona-yil kuzatuvli panelda sof rentabellik avtonomiya (ρ = 0,44) va likvidlik (ρ = 0,32) bilan ijobiy, foiz yuki bilan salbiy (ρ = -0,29) bog'langan, yil oxiridagi zaxira ulushi esa statistik ahamiyatsiz - yillik balans ko'rsatkichlari mavsumiy korxonalar uchun cheklangan. Tarmoq uchun "mavsumiy barqarorlik pasporti" taklif etilgan.