Tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy etishning fermer xo'jaliklari xarajat va daromadlariga ta'siri: subsidiya samaradorligining iqtisodiy bahosi (2019-2025 yillar)
DOI:
https://doi.org/10.68372/cb80k326Kalit so‘zlar:
tomchilatib sug'orish, subsidiya samaradorligi, qoplanish muddati, sof joriy qiymat, zararsizlik hosildorligi, paxtachilikAbstrak
Maqolada paxtachilikda tomchilatib sug'orish uchun beriladigan davlat subsidiyasi fermer uchun ham, byudjet uchun ham o'zini qanchalik oqlashi baholab chiqildi. Hisob-kitoblar davomida normativ hujjatlar, rasmiy xabarlar va ilmiy nashrlardagi ochiq ma'lumotlarga tayanildi. Shuningdek, loyihaning qoplanish muddati, sof joriy qiymati va zararsizlik hosildorligi aniqlandi, subsidiya samaradorligi esa multiplikator hamda 1 m³ tejalgan suvga to'g'ri keladigan subsidiya orqali o'lchandi. Natijada, fermer tizimdan asosan hosil oshgani hisobiga foyda ko'radi, 8 mln so'mlik subsidiya esa zararsizlik hosildorligini taxminan 2,9 s/ga pasaytirishi aniqlandi. Davlat nuqtai nazaridan 1 m³ tejalgan suvga to'g'ri keladigan subsidiya suv tarifidan 7-12 baravar yuqori, shu sababli uni suv tejami bilan emas, hosildorlik, energiya tejami va suv tanqisligining ijtimoiy qiymati bilan asoslash kerak.