Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda aholi daromadlarining o'rni haqidagi nazariy yondashuvlar
DOI:
https://doi.org/10.68372/d5ac0m77Kalit so‘zlar:
aholi daromadlari, huquqiy imkoniyatlar yondashuvi, doimiy daromad gipotezasi, Engel qonuni, oziq-ovqat rejimlari nazariyasi, inson kapitaliAbstrak
Mazkur maqolada aholi daromadlari bilan oziq-ovqat xavfsizligi o'rtasidagi bog'liqlikning nazariy asoslari tahlil qilindi. Tahlil 2023-2025-yillarga oid xalqaro va milliy statistik ma'lumotlar oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish holati hisobotlari, AQSH Qishloq xo'jaligi vazirligining Global oziq-ovqat indeksi va boshqa bir qator ma'lumotlar bilan asoslangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, har bir nazariy yondashuv faqat qisman mexanizmni aks ettiradi. Daromadlar o'sishi, asosan, keng qamrovli bo'lgan va institutsional barqarorlik, narxlar nazorati hamda ijtimoiy himoya bilan mustahkamlangan holatlardagina oziq-ovqat noxavfsizligini qisqartiradi. O'zbekistonda qashshoqlik darajasining 2023-yildagi 11 foizdan 2025-yilda 5,8 foizgacha pasayishi kambag'al oilalar foydasiga yo'naltirilgan daromad o'sishi ushbu nazariy mexanizmlarning bir nechtasini bir vaqtda ishga tushirishi mumkinligini yaqqol namoyish etadi.