Valyuta kursi tebranishlari indeksini hisoblash va baholash
DOI:
https://doi.org/10.68372/zcfvnx27Kalit so‘zlar:
valyuta kursi, valyuta kursi tebranishlari, volatillik, tebranishlar indeksi, valyuta bozori, monetar siyosat, valyuta xavfi, makroiqtisodiy barqarorlik, prognozlash, valyuta kursi barqarorligiAbstrak
Mazkur maqolada valyuta kursi tebranishlari indeksini hisoblash va baholashning nazariy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Valyuta kursidagi o'zgarishlarning iqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya, tashqi savdo va makroiqtisodiy jarayonlarga ta'sirini baholashda kurs tebranishlarini miqdoriy o'lchash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda valyuta kursi dinamikasi, o'sish sur'ati va standart og'ish asosida valyuta kursi tebranishlari indeksini shakllantirish yondashuvi taklif etiladi. Indeks orqali valyuta bozoridagi tebranishlar darajasini kompleks baholash, yuqori va past volatillik davrlarini aniqlash hamda valyuta xavflarini baholash imkoniyatlari asoslanadi. Shuningdek, mazkur indeksdan monetar siyosat samaradorligini baholash, valyuta bozoridagi ehtimoliy xatarlarni oldindan aniqlash va kurs dinamikasini prognozlashda foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari valyuta kursi barqarorligini ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosat choralarini takomillashtirish uchun metodik asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.