Sholi yetishtirishda foydalaniladigan suv manbalarining nitrat, ammoniy, fosfat va kaliy miqdori bo‘yicha tavsifi

Mualliflar

  • Boboqulov M. Sh. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ##default.groups.name.author##
  • Abdullayev A. K. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ##default.groups.name.author##
  • Aliyev Z. Z. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti ##default.groups.name.author##
  • Saimnazarov Y. B. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##
  • Xalilov I. M. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti ##default.groups.name.author##
  • Xojamkulova Y. J. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##
  • Orifjonova U. A. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

sholi, sug‘orish suvi, nitrat, ammoniy azoti, fosfat, kaliy, suv sifati, agrokimyoviy tahlil, makroelementlar

Abstrak

Ushbu tadqiqotda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida sholichilikda foydalaniladigan turli suv manbalarining agrokimyoviy tarkibi baholandi. Tadqiqot obyekti sifatida ariq suvi, dala suvi, laboratoriya ichimlik suvi va deionizatsiyalangan suv namunalari tanlandi. Suv namunalarida nitrat (NO₃⁻), ammoniy azoti (NH₄⁺-N), fosfat (PO₄³⁻) va kaliy (K⁺) miqdori VANSFUL Water Quality Rapid Detection Box tezkor kolorimetrik test to‘plami yordamida aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ariq va dala suvlarida fosfat hamda kaliy miqdori boshqa suv namunalariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Nitratning eng yuqori konsentratsiyasi ichimlik suvida, ammoniy azoti esa ariq va dala suvlarida qayd etildi. Olingan natijalar sug‘orish suvlari tarkibida sholi oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan makroelementlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari sug‘orish suvlari sifatini monitoring qilish hamda sholichilikda oziqlanish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-06-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 85

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.