Qishloq xo'jaligida melioratsiyadan yashil-raqamli transformatsiyagacha: evolyutsion rivojlanish va boshqaruv modeli
DOI:
https://doi.org/10.68372/kc5y8y77Kalit so‘zlar:
melioratsiya, kompleks melioratsiya, barqaror qishloq xo'jaligi, yashil iqtisodiyot, yashil texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, raqamli monitoring, aqlli melioratsiya, "Dala pasporti", yer va suv resurslari, tuproq unumdorligi, resurs tejamkorlik, ma'lumotlarga asoslangan boshqaruvAbstrak
Ushbu maqolada qishloq xo'jaligida melioratsiyaning an'anaviy yer va suv sharoitini yaxshilashga qaratilgan yondashuvdan kompleks meliorativ boshqaruv, barqaror qishloq xo'jaligi, yashil iqtisodiyot va raqamli boshqaruvga qadar bo'lgan evolyutsion transformatsiyasi tadqiq etilgan. Meliorativ tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi yer va suv resurslaridan foydalanish, tuproq unumdorligi, ekologik holat va uzoq muddatli barqarorlik bilan o'zaro bog'liq holda asoslangan. Shuningdek, meliorativ jarayonlarni raqamlashtirishda "Dala pasporti", monitoring ko'rsatkichlari, raqamli platformalar, prognozlash va ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarining ahamiyati ochib berilgan. Tahlil asosida melioratsiya, yashil texnologiyalar va raqamli boshqaruvning integratsiyalashuvi natijasida "aqlli melioratsiya" yondashuvini shakllantirish imkoniyati asoslangan.