Surxondaryo viloyati sharoitida anor (Punica granatum L.) navlarining hosildorligi hamda mevasining sifat ko'rsatkichlari

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

anor, nav, introduksiya, hosildorlik, tovar sifati, qanddorlik, refraktometr, Brix, Zubayda-667, Gyulashe, Kirmizi kabux, Wonderful, Al-shirin, Qozoqi anor

Abstrak

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining quruq subtropik iqlim sharoitida 2015-yilda 4x3 m ekish sxemasida barpo etilgan anorzorda introduksiya qilingan hamda mahalliy anor navlarining 2020-2022-yillardagi hosildorlik ko'rsatkichlari va meva sifati o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, mahalliy nazorat «Qozoqi anor» naviga nisbatan tup boshiga olingan hosil hamda gektar hisobidagi mahsuldorlik bo'yicha «Zubayda-667» (22,9 kg/tup; 190,8 s/ga), «Gyulashe» (22,8 kg/tup; 190,2 s/ga) va «Kirmizi kabux» (22,0 kg/tup; 183,5 s/ga) navlarida eng yuqori natijalar qayd etildi. Meva sifat parametrlari tahlilida meva sharbati tarkibidagi eruvchan quruq moddalar miqdori (qanddorlik) bo'yicha «Zubayda-667» navi 18,5 °Bx natija bilan eng yuqori ko'rsatkichni namoyon qildi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 201

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.