G'o'zaning mahalliy navlar ishtirokidagi F2 duragaylari va ota-ona shakllarni ayrim morfo-xo'jalik belgilari tahlil natijalari
Kalit so‘zlar:
vegetatsiya davri, hosildorlik, bir ko'sak vazni, tezpisharlik, duragay, o'zgaruvchanlik, mahsuldorlik, istiqbolli, kombinatsiyaAbstrak
Tadqiqotda g'o'zaning C-5709, C-6602, Oqqo'rg'on-2022, Buxoro-10 va Sulton navlari hamda ular ishtirokidagi F2 duragaylarda tezpisharlik, bir dona ko'sak vazni va bir tup o'simlik mahsuldorligi belgilarining o'zgaruvchanligi o'rganildi. Fenologik kuzatuvlar va matematik-statistik tahlillar asosida variatsion qatorlar shakllantirildi. Tezpisharlik bo'yicha o'simliklarning vegetatsiya davri 96-135 kun oralig'ida bo'lib, F2 duragaylarda o'zgaruvchanlik koeffitsiyenti 2,03-2,52 foizni tashkil etdi. Bir dona ko'sak vazni 4,5-8,1 gramm oralig'ida, mahsuldorlik esa 51-130 grammni tashkil qildi. F2 duragaylarda yuqori o'zgaruvchanlik kuzatildi. Eng istiqbolli kombinatsiyalar aniqlandi va keyingi seleksiya ishlari uchun tezpishar, yirik ko'sakli hamda serhosil o'simliklar ajratib olindi.