Marjumakni amal davrida sutkalik o'sishiga ekish muddati, me'yori va usullarining ta'siri
Kalit so‘zlar:
marjumak, "Ilishevskaya" navi, ekish muddati, ekish me'yori, qatorlab ekish usullari, sutkalik poya o'sishi, rivojlanish fazalariAbstrak
Toshkent viloyati qadimdan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan marjumakni "Ilishevskaya" navining sutkalik poya o'sishiga ekish muddati (20-iyun, 1-iyul, 10-iyul), me'yori (1,0-3,0 mln dona/ga) va usullari ta'siri o'rganildi. Shonalash-gullash davrida o'sish eng yuqori (2,40-2,80 sm/kun) bo'lib, me'yor oshishi yorug'lik tanqisligida poya cho'zilishi hisobiga o'sishni 1,74 dan 1,95 sm/kun ga oshirgan. Kechgi muddatda ekish (10-iyul) esa gullash-meva hosil bo'lish fazasida sutkalik poya o'sishi 1,69 dan 1,31 sm/kun. gacha kamayganligi aniqlangan.
Yuklashlar
Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.
Downloads
Nashr qilingan
2026-08-28
Nashr
Bo'lim
Articles