Behi nav va duragaylarini gullash darajasini baholash
Kalit so‘zlar:
behi, nav, duragay, vegetatsiya, kurtak, kurtaklarni bo'rtishi, gullash darajasi, qiyg'os gullash, mahalliy, introduksiya qilinganAbstrak
Ushbu maqolada behi nav va duragaylari bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari va quyidagi fenofazalar o'rganildi: kurtaklarning yozila boshlash sanasi, ya'ni vegetatsiyaning boshlanishi, gullashning boshlanishi va tugashi bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Gullash darajasini baholash natijalari Izobilnaya (4,0 ball), Olmabehi (4,3 ball), Aromatnaya (3,9 ball), Samarkandskaya krupnoplodnaya (4,1 ball), Nonbehi (4,0 ball), Mushk behi (3,9 ball), Chuchuk krupnaya (4,0 ball), Urojaynaya (3,9 ball), Shirin (3,9 ball) hamda duragay Muattar (№1-20 (F1)) (4,2 ball) navlarida boshqa navlardan yuqori ekanligini ko'rsatdi. Gullash darajasi bo'yicha eng past ko'rsatkichlar Yerevan (3,1-3,2 ball), Asinovskaya (3,1-3,4 ball), Anjeranskaya (3,0-3,4 ball), Konservnaya (3,2-3,5 ball) navlarida aniqlandi.