G'o'za bilan mosh navlarining qo'shma ekinlarida hosildorlik va mahsuldorlik

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

qo'shma ekinlar, mosh, g'o'za, hosildorlik, yer ekvivalenti koeffitsiyenti (LER), ekish sxemasi, ekish me'yori, agrotsenoz mahsuldorligi, tipik bo'z tuproqlar

Abstrak

Tajribalarda g'o'za qator oralarida mosh ekishning turli sxemalari va me'yorlari o'rganildi. Ekinlarni birgalikda yetishtirish ularning o'zaro ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Qo'shma ekinlardagi g'o'za hosildorligi 36,81-37,90 s/ga ni tashkil etib, simbiotik azot to'plash va o'simliklarning maqbul qalinligi hisobiga monokulturaga (30,90 s/ga) nisbatan 19-23% ga oshdi. Oraliq ekin sifatida moshning hosildorligi nav xususiyatlari va joylashuv sxemasiga qarab 7,02 dan 14,33 s/ga gacha o'zgardi. Olingan shartli agrotsenozning umumiy mahsuldorligi 51,20 s/ga ga yetib, monokulturalardan sezilarli darajada ustun keldi. Yer ekvivalenti koeffitsiyenti (LER) barcha o'rganilgan variantlarda birdan yuqori bo'lib, 1,46-1,75 ni tashkil etdi va texnologiyaning yuqori iqtisodiy hamda agronomik maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, Toshkent viloyatining tuproq-iqlim sharoitlari uchun Sulton g'o'za navini Zilola va Marjon mosh navlari bilan birgalikda ekishning eng maqbul sxemasi 45×12 va 45×15 sm deb topildi. Ravshan navi uchun esa 45×9 sm ekish sxemasi maqbuldir.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 96

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.