Davlat boshqaruvini raqamlashtirishning xorijiy modellari va ularni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari
Kalit so‘zlar:
davlat boshqaruvi, raqamlashtirish, elektron hukumat, raqamli davlat, X-Road, e-ID, "bir marta so'rash" tamoyili, platformaviy davlat, EGDI, xorijiy tajribaAbstrak
Maqolada davlat boshqaruvini raqamlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish bo'yicha yetakchi xorijiy davlatlar – Estoniya, Janubiy Koreya, Singapur hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot 2018-2024-yillar davrini qamrab olib, BMTning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI) ma'lumotlari, milliy raqamli strategiyalar va institutsional hujjatlarning qiyosiy tahliliga tayanadi. Tahlil natijalari ko'rsatadiki, yetakchi davlatlarda raqamlashtirish alohida xizmatlarni elektron shaklga o'tkazish bilan cheklanmay, yagona integratsiya platformasi, elektron identifikatsiya va "bir marta so'rash" tamoyili atrofida qurilgan yaxlit boshqaruv ekotizimi sifatida shakllangan. Muallif tomonidan raqamlashtirishning to'rt bosqichli modeli asoslanadi va O'zbekiston sharoitida qo'llash mumkin bo'lgan beshta adaptatsiya yo'nalishi taklif etiladi.