Stimulyatorlar va kremniyli kompleks o'g'itlarning soya navlarida o'simliklar soni va ularning saqlanish darajasiga ta'siri
Kalit so‘zlar:
soya, stimulyatorlar, Uzbiogumin, Regoplant, Maltamin, Sila kremniy, unuvchanlik, tup soni, saqlanish darajasi, Nafis, VilanaAbstrak
Ushbu maqolada soya navlariga stimulyatorlar va kremniyli kompleks o'g'itlarni alohida va birgalikda qo'llashning unda dala unuvchanligi va vegetatsiya davri oxiridagi tup sonining saqlanish darajasiga ta'siriga oid ma'lumotlar keltirilgan. Stimulyatorlar va kremniyli kompleks o'g'itlar unuvchanlik va tup sonining saqlanish darajasiga yaxshi ta'sir etganligi aniqlanib, har ikkala navda ham stimulyatorlardan Maltamin, stimulyatorlarni kremniyli kompleks o'g'it bilan solishtirganda kremniyli kompleks o'g'it va stimulyatorlarni kremniyli kompleks bilan birgalikda qo'llanilganda dala unuvchanligi va vegetatsiya davri oxiridagi ko'chatlarning saqlanish darajasi yuqori bo'lganligi aniqlandi.