Takroriy ekin sifatida yetishtirilgan dukkakli ekinlarning poya balandligiga ma'danli o'g'it me'yorlarining ta'siri

Mualliflar

  • Djo'rayev M. Ya. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##
  • Yoqubjonov F. X. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

dukkakli ekinlar, soya, mosh, fasol, takroriy ekin, azot me'yori, poya balandligi, o'sish dinamikasi, regressiya tahlili, o'tloqi saz-allyuvial tuproq

Abstrak

Maqolada 2022-2024 yillarda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanining o'tloqi saz-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan soyaning "Selekta-302", moshning "Navro'z" va fasolning "Qizil don" navlarida poya balandligiga ma'danli o'g'itlarning olti xil me'yori o'rganildi. Poya balandligi azot me'yoriga chiziqli bog'lanish bilan javob berdi: pishish fazasida soya uchun y = 79,88 + 0,3789x (R² = 0,988), mosh uchun y = 56,50 + 0,1900x (R² = 0,938), fasol uchun y = 59,26 + 0,2120x (R² = 0,988). N120R90K40 me'yorida poya balandligi N30R90K40 nisbatan 25,1-36,9% ga ortdi, ammo azotdan foydalanish samaradorligi N90R90K40 me'yoridan keyin 1,7-4,2 marta pasaydi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 109

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.