O'zbekiston sharoitida mahalliy va xorijiy kuzgi bug'doy kolleksiya namunalarining biometrik ko'rsatkichlari tahlili
Kalit so‘zlar:
kuzgi bug'doy, kolleksiya ko'chatzori, biometrik ko'rsatkichlar, boshoq mahsuldorligi, hosildorlik, seleksiya, genotip, boshlang'ich materialAbstrak
Mazkur tadqiqotda kuzgi bug'doyning mahalliy va xorijiy kelib chiqishga ega bo'lgan 22 ta kolleksiya namunasi asosiy biometrik va hosildorlik elementlari bo'yicha qiyosiy baholandi. Tadqiqotning maqsadi yuqori mahsuldorlikni ta'minlovchi morfo-biologik belgilarga ega genotiplarni aniqlash va ularni seleksiya ishlariga jalb qilishdan iborat bo'ldi. Namunalarda o'simlik bo'yi 83,1-119,0 sm, boshoq uzunligi 7,9-10,2 sm, bir boshoqdagi donlar soni 33,2-59,3 dona, bir boshoqdagi don vazni 1,6-2,2 g, mahsuldor boshoqlar soni 328-410 dona/m² hamda hosildorlik 53,6-83,6 s/ga oralig'ida o'zgarishi aniqlandi. Kompleks baholash natijalariga ko'ra KN-5224, WEE/PLN/2IVI, POP-SAZ-13, WVR-00-52 va M33IBWSN-71 namunalari bir nechta mahsuldorlik elementlari bo'yicha standart navlardan ustunlik qildi. Ayniqsa, KN-5224 namunasida boshoqning yaxshi rivojlanganligi, donlar soni va don vazninining yuqori qiymatlariga ko'ra 83,6 s/ga hosildorlik shakllangan. Olingan natijalar mazkur namunalarni yuqori hosildor va raqobatbardosh kuzgi bug'doy navlarini yaratishda qimmatli boshlang'ich seleksion material sifatida qo'llash mumkinligini ko'rsatadi.