Optimal sug'orish va suv tanqisligi sharoitida g'o'zaning navlararo murakkab durag'aylaridan olingan oila, tizma va navida 1000 dona chigit vazni belgisining shakllanishi
Kalit so‘zlar:
g'o'za, suv tanqisligi, optimal sug'orish, 1000 dona chigit vazni, mahsuldorlik elementlari, oila, tizma, seleksiya, qurg'oqchilikka bardoshlilik, genotipAbstrak
Maqolada optimal sug'orish va suv tanqisligi sharoitida g'o'zaning navlararo murakkab durag'aylaridan olingan oila, tizma va navlarida 1000 dona chigit vazninining shakllanish xususiyatlari o'rganildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra suv tanqisligi aksariyat genotiplarda 1000 dona chigit vaznining kamayishiga olib kelishini ko'rsatdi. Shu bilan birga, ayrim oila va tizmalarda mazkur belgi yuqori darajada saqlanib qolganligi yoki oshganligi aniqlandi. Ayniqsa, T-14-16/14 tizmasi hamda O-10-11 va O-37-38 oilalari suv tanqisligi sharoitida yuqori ko'rsatkichlarni namoyish qildi. Aniqlangan istiqbolli genotiplar qurg'oqchilikka bardoshli, yuqori mahsuldor g'o'za navlarini yaratishda qimmatli seleksiya material sifatida tavsiya etiladi.