Oraliq ekin sharoitida turli ekish sxemalarining piyoz hosildorligiga ta'siri
Kalit so‘zlar:
piyoz, oraliq ekin, ekish sxemasi, hosildorlik, tovarbop hosil, qator oralig'i, agrotexnika, mahsuldorlikAbstrak
Mazkur maqolada oraliq ekin sifatida yetishtirilgan piyozning hosildorligiga turli ekish sxemalarining ta'siri o'rganilgan. Tadqiqotlar 2021-2023 yillarda o'tkazilib, qatorlar oralig'i va o'simliklar orasidagi masofaning umumiy hamda tovarbop hosil ko'rsatkichlariga ta'siri baholangan. Tajriba natijalariga ko'ra, (40+15+15)/3 × 7,5 sm ekish sxemasida eng yuqori o'rtacha umumiy hosildorlik 47,3 t/ga va tovarbop hosil 43,2 t/ga ni tashkil etdi. Tovarbop hosil ulushi bo'yicha esa (50+20)/2 × 10 sm varianti yuqori natija ko'rsatib, 93,5 % ni tashkil qildi. Olingan natijalar oraliq ekin sifatida piyoz yetishtirishda maqbul ekish sxemasini tanlash yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi.