O‘zbekiston tijorat banklarida kredit risklarini baholash va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish: xalqaro standartlar va milliy amaliyot
Kalit so‘zlar:
kredit riski, tijorat banki, kredit portfeli, Basel III, risk-menejment, kredit skoring, muammoli kreditlar, kredit monitoringi, prudensial me’yorlar, bank tizimiAbstrak
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida kredit risklarini baholash va boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlari xalqaro standartlar asosida tahlil qilingan. Xususan, kredit risklarini aniqlash, baholash va monitoring qilishning zamonaviy mexanizmlari, Basel qo‘mitasi tavsiyalari hamda O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning kredit portfeli sifatiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, kredit risklarini boshqarishda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kredit skoring tizimlarini qo‘llash istiqbollari asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.